Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev Parij Olimpiadasi oltin medali sohibi!
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Jahon chempioni Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev -71 kg vazn toifasida yozgi Olimpiadadagi kurashini davom ettirdi.
Final bahsida Moʻydinxoʻjayevga meksikalik Marko Verde Alonso raqiblik qildi.
Qiziqarli kechgan bahsning birinchi raundida hamyurtimiz 5:0, ikkinchisida ham 5:0 qayd etgan yurtdoshimiz, uchinchi raundda ham ustunlikni bermadi.
Shu tariqa Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev Parij Olimpiadasi chempioni boʻldi.
Hamyurtimiz yarim finalda AQSHlik isteʼdodli Omar Jonesni yutib finalga yetib kelgandi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, meksikalik Marko Verde Alonso ushbu turnirga ikkinchi raqamli bokschi sifatida qayd etilgandi.
Asadxoʻja Zohiddinxoʻjayevich Moʻydinxoʻjayev 2001-yil 8-mayda Fargʻona viloyati Rishton tumanida tavallud topgan. U 2023-yilgi IBA erkaklar oʻrtasidagi boks boʻyicha yarim oʻrta vazn toifasida jahon chempionati oltin medali sohibi boʻlgan.
Bundan tashqari, hamyurtimiz 2022-yilda Iordaniya poytaxti Amman shahrida boʻlib oʻtgan havaskor boks boʻyicha Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan.
Avvalroq, Ulugʻbek Rashitov va Hasanboy Doʻsmatovlar ikki karradan Olimpiada oltin medal sohiblari boʻlgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring