Rossiyada ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi daryoda choʻkib ketdi
Illyustrativ foto
Rossiyaning Irkutsk viloyatida ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi Chuna daryosida choʻkib ketdi. Bu haqda “TK Gorod” nashri xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa joriy yilning 29-iyun kuni sodir boʻlgan. Oʻsha kuni 20 va 21 yoshli ikki yigit Chunskiy tumanidagi Oktyabrskiy qishlogʻi hududidan oqib oʻtuvchi Chuna daryosiga choʻmilish uchun borgan. Ammao bu vaqtda ulardan biri choʻkib keta boshlagan, ikkinchisi esa uni qutqarishga uringan, biroq oqibatda u ham suvga gʻarq boʻlgan.
Manbaga koʻra, ular choʻkib ketgan joyda daryoning chuqurligi 5,7 metrni tashkil etadi. Oʻuningdek, qirgʻoq boʻyida maxsus belgilar oʻrnatilgan boʻlib, suzish taqiqlanadi.
“Oʻzbekiston fuqarolarining jasadlari hozircha topilmagan. Qidiruv ishlarida qutqaruvchilarga koʻngillilar yordam bermoqda”, deyiladi Chunskiy tuman hokimligi xabarida.
Qayd etilishicha, oʻzbekistonlik ekani aytilayotgan yigitlarning biri baxtsiz hodisaga qadar tumandagi korxonalardan birida qonuniy ishlayotgan boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring