Navoiyda sodir boʻlgan YTH oqibatida 6 kishi halok boʻldi

15:29 10 Iyun 2024 Jamiyat
531 0

Navoiyda bir necha insonning oʻlimi bilan bogʻliq dahshatli YTH sodir boʻldi. Bu haqda “Xalq soʻzi”ning viloyat YHXBdagi manbasi xabar berdi.

Bildirilishicha, kecha, 9-iyun kuni soat 15:00 lar atrofida Nurota tumaniga kiraverishdagi Dehibaland qishlogʻi hududidan oʻtgan “Navbahor-Nurota” yoʻlida YTH sodir boʻlgan.

Ushbu yoʻlda harakatlanib borayotgan “Gentra” rusumli transport vositasi haydovchisi oʻzi bilan bir yoʻnalishda ketayotgan “Damas” mashinasini quvib oʻtmoqchi boʻlgan vaqtida qarama-qarshi tomondan kelayotgan “Onix” bilan toʻqnashgan.

Oqibatda “Onix” mashinasi salonida boʻlgan bir oilaning 5 nafar aʼzosi: 36 yoshli erkak, uning 58 yoshli onasi, turmush oʻrtogʻi, 2 yoshli oʻgʻli hamda 2 oylik qizi, shuningdek, “Gentra” haydovchisi boʻlgan erkak vafot etgan.

Aniqlik kiritilishicha, YTH qurbonlarining ikki nafari voqea joyida, 4 nafari esa shifoxonada vafot etgan.

Manbaga koʻra, hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер