288,3 mln. soʻm pensiya va nafaqalar amaldagi qonunchilikka zid ravishda toʻlangani maʼlum boʻldi

Illyustrativ foto
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi zimmasiga pensiya va ijtimoiy nafaqalarning oʻz vaqtida hamda toʻliq yetkazib berilishi yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.
Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan 2018 yil davomida Pensiya jamgʻarmasi hamda AT “Xalq banki” bilan birgalikda oʻtkazilgan monitoring ishlari natijasida jami 683 ta holatda 288,3 mln. soʻm pensiya va nafaqalar amaldagi qonunchilikka zid ravishda toʻlangan. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi xabar berdi.
Jumladan:
- - 293 ta holatda 69,6 mln.soʻm oʻzlashtirish;
- - 97 ta holatda 40,8 mln. soʻm toʻlov roʻyxatlarida imzolar qalbakilashtirilgan holda toʻlash;
- - 293 ta holatda 177,9 mln. soʻm vafot etgan fuqarolarga toʻlash holatlari aniqlangan.
- Ushbu qonun buzilish boʻyicha aniqlangan barcha materiallar tegishli choralar koʻrish uchun huquqni muhofaza qilish idoralariga yuborilgan.
- Bundan tashqari, 3 538 ta holatda 2 488,2 mln. soʻmlik pensiya va nafaqa toʻlovlari amaldagi tartibni buzgan holda toʻlanganligi aniqlandi, jumladan:
- 572 ta holatda 384,1 mln. soʻm ishonchnomasiz boshqa fuqarolarga toʻlangan;
- 651 nafar yotoqdagi fuqarolarning 398,6 mln soʻm pensiya va nafaqa pullari uyiga olib borib berilmagan;
- 75 ta holatda 100,5 mln. soʻm respublikadan tashqariga, 388 ta holatda 740,3 mln. soʻm yashash joyidan koʻchib ketgan fuqarolarga toʻlangan;
- 241 ta holatda 290,3 mln. soʻm muddati oʻtgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari asosan toʻlangan;
- 8 ta holatda 9,1 mln. soʻm jazoni ijro etish muassasalarida boʻlgan fuqarolar uchun toʻlab yuborilgan;
- 745 ta holatda 2,7 mln. soʻm pensiya puliga turli xil buyumlar qoʻshib berilgan;
- 858 ta holatda 562,6 mln. soʻm boshqa amaldagi tartib buzilish holatlariga yoʻl qoʻyilgan holda toʻlab yuborilgan.
Pensiya va nafaqalarni amaldagi tartibni buzgan holda toʻlanishiga yoʻl qoʻygan barcha xodimlarga nisbatan qonunchilikda koʻzda tutilgan intizomiy jazo choralari qoʻllanildi.
Monitoring ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring