Hindiston kompaniyasi Surxondaryo viloyatida amalga oshirayotgan to‘rt xil navli urug‘ yetishtirish loyihasini kengaytiradi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Hindistonning «Nath Bio-Genes CA» kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori, doktor Venkatesh N.Kulkarni va Hindiston eksport qiluvchi tashkilotlar federatsiyasi raisi Nanda Kaglivalarni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Vazirlik maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida Hindistonning «Nath Bio-Genes CA» va «Surxondaryo agroxizmat» MCHJ hamkorligida 4 xil navli urug‘ tajriba sifatida yetishtirilayotgani, keyingi yillarda ushbu urug‘lar uchun ajratilgan ekin maydonini kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Bundan tashqari, Samarqand viloyatidagi professional taʼlim muassasasida Hindiston tajribasi asosida o‘quv jarayonini tashkil qilish hamda namunaviy tarzda taʼlim muassasalaridan birida ish boshlashga kelishib olindi.
Shuningdek, uchrashuvda joriy yil sentyabr oyida Jahon paxta tadqiqotlari «Nath Bio-Genes CA» kompaniyasining zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan urug‘ navlari bo‘yicha seminar tashkil qilinishi maʼlum qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring