Shavkat Mirziyoyev va Robert Fitso mamlakatlarimiz oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini koʻrib chiqdi

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari ushbu tashrif koʻp qirrali Oʻzbekiston-Slovakiya munosabatlari tarixida sifat jihatidan yangi bosqichni boshlab berishini alohida taʼkidladi.

13:46 09.06.2025
Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitsoni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

Birgalikda suratga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

12:03 09.06.2025
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Bolgariya Prezidenti Rumen Radev Oʻzbekistonga keladi

Tashrif dasturiga muvofiq, ikki mamlakat yetakchilarining muzokaralari, rasmiy va ishbilarmonlik tadbirlari oʻtkazilishi, qator ikki tomonlama bitimlar imzolanishi rejalashtirilgan.

16:11 08.06.2025
Slovakiya Bosh vaziri rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi

​​​​​​​Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitso 8-10-iyun kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi.

10:41 08.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan telefon orqali muloqot qildi

Oʻzbekiston va Pokiston yetakchilari telefon orqali muloqotda butun musulmon ummati uchun muqaddas Qurbon hayiti — Iyd al-Adho munosabati bilan bir-birini samimiy tabrikladilar.

21:27 07.06.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Azim Shukurovich Latipov shu yil 6-iyunda 74 yoshida vafot etdi.

18:54 07.06.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi

Muzokaralar davomida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mamlakatimizda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

17:45 07.06.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindiston Bosh vaziri bilan uchrashdi

Tomonlar keng qamrovli hamkorlikni rivojlantirish borasida yangi imkoniyatlar ochilayotganini qayd etdilar.

00:52 07.06.2025
Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj

Poytaxtimizda minglab yurtdoshlarimiz yigitlarimizni tantanali ravishda kutib olishdi.

00:18 07.06.2025
Qasim-Jomart Toqayevdan Rejep Tayyip Erdogʻangacha: Xorijiy hamkorlardan Qurbon hayiti munosabati bilan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga samimiy qutlovlar kelmoqda

Xorijiy hamkorlar oʻz qutlovlarida Oʻzbekistonning koʻp millatli xalqiga chuqur hurmat bildirgan holda, yurtimizga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilab, doʻstlik va oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini har tomonlama rivojlantirishga qatʼiy intilishlarini taʼkidlamoqdalar.

19:41 06.06.2025
FIFA prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi

Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi.

17:57 06.06.2025
Shavkat Mirziyoyevning “Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi

Shavkat Mirziyoyevning “Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi.

15:21 06.06.2025
“Qadrli farzandlarim!”... Shavkat Mirziyoyev futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolariga tabrik yoʻlladi

Avvalo, siz, azizlarni Osiyoning eng kuchli jamoalari ishtirok etgan saralash oʻyinlarida chinakam jasorat va matonat namunasini koʻrsatib, tom maʼnoda ulkan gʻalabaga erishganingiz – Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman - Shavkat...

23:31 05.06.2025
Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon bilan telefon orqali gaplashdi

Oʻzbekiston bilan Eron oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

19:30 05.06.2025
Sirdaryo va Xaydu-Bixar oʻrtasida hamkorlik aloqalari oʻrnatiladi

Sirdaryo viloyati hokimligida viloyat rahbari Erkinjon Turdimov Vengriyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Yojef Roja bilan uchrashuv oʻtkazdi.

19:26 05.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigini yoʻlladi

Siz, azizlarni, barcha moʻmin-musulmon yurtdoshlarimizni, butun xalqimizni ulugʻ va moʻtabar ayyom – Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etib, oʻzimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildirishdan gʻoyat mamnunman - Shavkat Mirziyoyev

18:28 05.06.2025
Oʻzbekiston Afgʻonistonga Qurbon hayiti munosabati bilan 183 tonna insonparvarlik yordami yubordi

Mazkur insonparvarlik yordami tarkibidan un, guruch, shakar, makaron va qandolat mahsulotlari, oʻsimlik yogʻi, tez tayyorlanadigan taomlar, qizil loviya va mosh oʻrin olgan.

16:24 05.06.2025

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер