Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida

20:13 06 Mart 2023 Hujjatlar
2541 0

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatimizda xotin-qizlarni eʼzozlash, ularning ezgu orzu-intilishlarini qoʻllab-quvvatlash hamda oʻzining iqtidori, izlanuvchanligi, muhim gʻoya va tashabbuslari, ibratli amaliy ishlari va erishgan yutuqlari bilan yurtimiz yoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizdagi oʻzgarishlar jarayonida faol ishtirok etib, Vatanimiz ravnaqi yoʻlida bor kuch-gʻayrati, zamonaviy bilim va malakasi, maʼnaviy-intellektual salohiyatini namoyon etayotgan qizlarimizni munosib ragʻbatlantirish maqsadida:

1. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, oʻqishdagi muvaffaqiyatlari hamda taʼlim, fan, adabiyot, sanʼat, madaniyat, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi takliflari ilovadagi roʻyxatga muvofiq maʼqullansin.

2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va koʻkrak nishonlari topshirilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini taʼminlasin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob isteʼdodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.Umurzakov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar

R Oʻ Y X A T I

Niyetbayeva Hurliman Amanbay qizi - Qoraqalpoq davlat universitetining 3-bosqich talabasi

Samandarova Barno Tozaboy qizi - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumanidagi 35-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi

Abdukarimova Feruza Ulugʻbek qizi - Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutining 4-bosqich talabasi (Andijon viloyati)

Muxtarxoʻjayeva Durdona Mutalibjon qizi - D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali 2-bosqich talabasi (Andijon viloyati)

Aminova Niginabonu Baxriddinovna - Toshkent moliya institutining 2-bosqich magistranti (Buxoro viloyati)

Gʻayratova Gulzoda Sanʼat qizi - Buxoro davlat universitetining 4-bosqich talabasi

Anvarbekova Charos Anvarbek qizi - Toshkent davlat agrar universitetining 1-bosqich magistranti (Jizzax viloyati)

Shokirova Samira Salohiddin qizi - Jizzax viloyati Jizzax shahridagi 19-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi

Suyunova Madina Muhiddin qizi - Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining 10-sinf oʻquvchisi

Toʻrayeva Maʼmura Oʻral qizi - Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi 18-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi

Jalolova Lobarxon Sunnatullo qizi - Navoiy davlat pedagogika institutining 2-bosqich talabasi

Raxmatova Dildora Ismat qizi - Navoiy viloyati Karmana tumanidagi sport maktabining badiiy gimnastika boʻyicha murabbiysi

Abdulazizova Nigora Muhammadjon qizi - Namangan davlat universitetining 4-bosqich talabasi

Mamajonova Muxlisaxon Muzaffar qizi - Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati)

Xudoyorova Farangiz - Samarqand viloyati Samarqand shahridagi “Alisher Navoiy” mahalla fuqarolar yigʻinidagi yoshlar yetakchisi

Ergashova Baxora Sayfillo qizi - Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri (Samarqand viloyati)

Abduolimova Zarnigorxon Alisher qizi - Guliston davlat universitetining 4-bosqich talabasi

Obidova Hilola Ilhomjon qizi - Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi “Beton sanoat” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktorining oʻrinbosari

Ilmatova Rinata Rinatovna - Termiz davlat pedagogika institutining 1-bosqich magistranti

Mirzayeva Sadoqat Husniddin qizi - Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 50-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi

Isomadinova Goʻzal Zaxriddin qizi - Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 4-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)

Yoʻldosheva Nargiza Daston qizi - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 4-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)

Jamoliddinova Nodirabegim Baxtiyorjon qizi - Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutining 4-bosqich talabasi

Ergasheva Nilufarxon Akramjon qizi - Fargʻona viloyati Margʻilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi

Ollayorova Sevinchoy Farxod qizi - Xorazm viloyati Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi

Yusupova Indira Rustamovna - Urganch davlat universitetining 4-bosqich talabasi

Abdullayeva Shirin Baxodirovna - Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 152-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi

Tuliboyeva Sadoqat Akmurat qizi - Toshkent shahridagi 77-ixtisoslashtirilgan koʻzi ojizlar maktab-internatining 10-sinf oʻquvchisi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер