Ziyodaxon Abdusattorova nishonda adashdi. Chexiyalik sportchi hamyurtimizni dogʻda qoldirdi

18:32 31 Iyul 2024 Sport
461 0

Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.

Ayollar oʻrtasida kamondan oʻq otish bahslarida qatnashayotgan sportchimiz Ziyodaxon Abdusattorova “Parij-2024”dagi ishtirokini 1/32 bosqichda yakunlaydigan boʻldi.

Umidli mergan qizimiz jahonning kuchli kamonchilaridan biri chexiyalik Mariye Xorachkova qarshi bahs olib bordi.

Birinchi va ikkinchi setdagi omadsizlik sportchimizning magʻlub boʻlishiga yetarli boʻldi. Umumiy hisob 6:2 hisobida qoldi.

Avvalroq, Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari sovrindori Davlat Bobonov birinchi bosqichdayoq ishtirokini yakunlaydigan boʻlgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер