JSST tavsiyasi: Bir yoshgacha boʻlgan bolalarga qanday oziq-ovqatlarni berib boʻlmaydi?

Bolalarni sogʻlom ovqatlantirish — oʻta muhim va nozik jarayon. Chunki ularning ichki aʼzolari kattalarnikidan farqlanadi. Shu bois kundalik turmushimizda isteʼmol qilinadigan barcha oziq-ovqatlarni kichkintoylar organizmi oson qabul qila olmaydi.
Boz ustiga, baʼzi taomlar jajji oʻgʻil-qizlar salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatishi ham mumkin.
Shundan kelib chiqib, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mutaxassislari yangi tugʻilgan chaqaloqlar va 6 oylikdan 1 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil-qizlarni toʻgʻri ovqatlantirish boʻyicha ota-onalarga zarur tavsiyalar berib keladi.
Ularning xulosasiga koʻra, olti oygacha boʻlgan goʻdaklar uchun eng yaxshi va maqbul taom — bu ona suti. Qoʻshimcha ovqatlarni esa ayni shu davrdan boshlab bolajonlar ratsioniga kiritish maqsadga muvofiq.
Ular yogʻsiz va yaxshilab ezilgan meva, goʻsht, sabzavot pyurelari, pishloq va yogurtlar boʻlishi mumkin.
Ammo bu davrda quyidagi oziq-ovqatlar kichkintoylarga berilmasligi kerak:
— asal va asal qoʻshilgan mahsulotlar, shu jumladan, pishiriqlar (tarkibida botulizmni keltirib chiqaruvchi sporalar boʻlishi mumkin);
— sigir suti (ichakda qon ketish ehtimolini yuzaga keltiradi, qolaversa, qiyin hazm boʻladi);
— ovqatdan zaharlanish xavfi boʻlgan ovqatlar (xom yoki chala pishirilgan goʻsht);
— pishirish yoki qaynatish jarayonida sarigʻi qotmagan tuxum;
— pasterizatsiyalanmagan sut mahsulotlari;
— oʻrmon qoʻziqorinlari;
— konfetlar, saqich, qattiq pechenye va qotirilgan non boʻlaklari;
— tarkibida kofein moddasi mavjud ichimliklar, shu jumladan choy (ularni ikki yoshgacha bermaslik zarur).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring