JSST “COVID-19” bilan kasallanishning koʻpayishi ehtimolini baholadi
Foto: Reuters
JSSTning Rossiyadagi vakili Vuynovichning aytishicha, 2022-yilda “COVID-19” bilan kasallanish koʻpayishi mumkin.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining (JSST) Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich 2022-yilda “COVID-19” bilan kasallanish koʻpayishiga haqida oʻz fikrlarini aytib oʻtdi.
“Koʻp odamlar emlash yoki tabiiy ravishda virus bilan uchrashmaganligini hisobga olsak, kasallanishning maʼlum darajada oshishini kutish mumkin”, deydi u. Shu bilan birga, Vuynovich bu qachon sodir boʻlishini oldindan aytish juda qiyinligini taʼkidladi.
JSST vakili, shuningdek, gripp epidemiyasining kuchliroq namoyon boʻlish ehtimolini ham istisno qilmadi. Lokdaunlar va boshqa koronavirus cheklovlari oʻrnatilganda, uning soʻzlariga koʻra, odamlar kamroq infeksiyalarni boshdan kechirishgan va boshqa respirator viruslar bostirilgan.
Uning taʼkidlashicha, endilikda har ikki virusni ham kuzatib borish va aholining zaif qatlamlarini, jumladan immuniteti past va 60 yoshdan oshgan odamlarni, shuningdek, bolalar va homilador ayollarni himoya qilish zarur.
Vuynovich toʻplangan tajriba, dori-darmon va vaksinalar kelajakda ushbu pandemiyaga qarshi kurashishda yordam berishini taʼkidladi. Shu bilan birga, u dunyo milliy sogʻliqni saqlash tizimlarining zaif tomonlarini koʻrsatgan.
Avvalroq, Vuynovich “COVID-19”ga qarshi Rossiyaning “Sputnik V" vaksinasini tan olish jarayoni toʻxtamagani, JSST Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jamgʻarmasi bilan muzokaralarni davom ettirayotganini aytgan edi. «Biz Rossiya tomonining takliflarini kutmoqdamiz. Ammo jarayon toʻxtagani yoʻq”, deydi Vuynovich.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring