Jozep Borrel Ukrainaga munosib harbiy yordam koʻrsatishni davom ettirgan holda YEI davlatlarini qurol zaxiralarini toʻldirishga chaqirdi
Foto: AP
Yevropa Ittifoqi(YI)ning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili Jozep Borrel YI Ukrainadagi mojarolar davomida oʻzining qurol-yarogʻ zaxiralarini tugatganini tan oldi, shuningdek, YI davlatlarini mudofaa sanoatini rivojlantirish va mudofaa qobiliyatini mustahkamlash uchun umumiy kredit olish imkoniyatini koʻrib chiqishga chaqirdi.
Yevropa Komissiyasi (YK) shu yilning 5-mart kuni qurol ishlab chiqarishni koʻpaytirish va aʼzo davlatlar oʻrtasida yaqin hamkorlikni oʻz ichiga oluvchi YIning mudofaa sanoatining yangi strategiyasi boʻyicha qonunchilik taklifini taqdim etdi. Strategiya aʼzo mamlakatlarda talabni birlashtirish, ehtiyojlar va mavjud imkoniyatlarni doimiy baholash orqali “mudofaa sanoatida doimiy tayyorlik madaniyatini (inqirozli vaziyatlarga – tahr.) yaratish”ga qaratilgan.
“Mavjud qurol-yarogʻ omborlari tugab, mojaro zaxiralar urushidan ishlab chiqarish urushiga aylangan”, deydi siyosatchi. Shu oʻrinda Borrel ittifoq mamlakatlarini “Ukrainaga munosib harbiy yordam koʻrsatishni davom ettirgan holda” mudofaa salohiyatini rivojlantirishga va qurol zaxiralarini toʻldirishga chaqirdi.
Yevropa diplomatiyasi rahbarining tushuntirishicha, ayni paytda Yevropa mudofaa sanoatining 90 foizi ittifoqning bir qancha mamlakatlarida jamlangan, bu sanoatning yillik aylanmasi 70 milliard yevroga yaqin, unda 500 ming kishi ishlaydi.
“Bu Yevropaning mudofaa ehtiyojlarining qariyb 40 foizini taʼminlaydi, yaʼni armiyalarimiz oʻzlari foydalanadigan qurol-yarogʻ va jihozlarning koʻp qismini import qiladi”, — dedi Borrel. Uning qoʻshimcha qilishicha, soʻnggi ikki yilda YI davlatlari mudofaa xaridlarining 78 foizini xorijdan amalga oshirgan.
“Shu bilan birga, Yevropa mudofaa sanoati mahsulotining 40 foizdan 50 foizgacha qismini YIdan tashqaridagi mamlakatlarga eksport qiladi”, deydi u.
Borrel yaqinda YIning umumiy krediti boʻyicha umumiy Yevropa mudofaa salohiyati va mudofaa sanoatiga sarmoya kiritish uchun zarur boʻlgan saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha munozaralar boshlanganini qoʻshimcha qildi.
“Biz buni koronavirus pandemiyasining oqibatlariga qarshi kurashish uchun qildik, men tushunmayapman, nima uchun Rossiya bizning xavfsizligimizga tahdid solayotganida buni qilmasligimiz kerak va biz zudlik bilan mudofaa salohiyatimizni oshirishimiz va mudofaa sanoatini rivojlantirishimiz kerak”, — deydi u.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring