Joriy oʻquv yili uchun 1 mln 146 ming 744 nafar abituriyent roʻyxatdan oʻtdi
Foto: Arxiv surat
Joriy oʻquv yili uchun 1 mln 146 ming 744 nafar abituriyent roʻyxatdan oʻtdi. Ular uchun 58 ta bino, stadion va xiyobon imtihon olishga tayyorlanmoqda.
AOKAda DTM mutasaddilari ishtirokida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olishning yakuni va chet tillaridan boʻlib oʻtgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar haqida maʼlumot berildi.
Joriy yilda ilk bor 12 ta oliy taʼlim muassasasida masofaviy taʼlim shakli joriy etilib, 6 867 nafar (birinchi taʼlim yoʻnalishiga nisbatan) abituriyent masofaviy taʼlim shaklida oʻqish istagini bildirdi. Shuningdek, 585 669 nafar abituriyent kunduzgi, 25 369 nafari kechki, 528 839 nafari sirtqi taʼlim shakli uchun roʻyxatdan oʻtdi.
Test sinovlarining ochiq va shaffof oʻtishini taʼminlash maqsadida xalq taʼlimi va oliy taʼlim muassasalarining 3 500 nafarga yaqin rahbar va pedagog kadrlari guruh nazoratchilari sifatida jalb etish rejalashtirilgan.
2022-yil 23-26-iyul kunlari 6 ta oliy taʼlim muassasaciga oʻqishga kirish uchun ilk bor chet tilidan xalqaro standart asosida tinglab tushunish, oʻqish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkazildi.
Hozirda imtihon natijalarini hisoblash ishlari yakunlanmoqda. Natijalarni hisoblash yakunlanishi bilan abituriyentlarning shaxsiy kabinetida eʼlon qilinadi.
DTM tomonidan 955 ta sertifikat talabga javob bermasligi, 56 ta sertifikat qalbakiligi aniqlandi. Joriy yilda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega (sertifikatlari tasdiqlangan) abituriyentlar soni 28 116 tani tashkil etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring