Joriy yilning 23-dekabridan 29-dekabrigacha boʻlgan davrda Uzbekistan airways aviakompaniyasi tomonidan qoʻshimcha 17 ta aviaqatnov amalga oshiriladi
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navroʻz Ashurmatov maʼlum qildi.
Unga koʻra, Toshkent – Nukus – Toshkent, Toshkent – Urganch – Toshkent yoʻnalishlaridagi qatnovlarda kichik fyuzelyajli Airbus A-320 laynerlari keng fyuzelyajli Boeing 767 rusumli havo kemalariga almashtiriladi.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan joriy yilning 22-dekabr kunidan 2024-yilning 7-yanvar kuniga qadar qoʻshimcha yoʻlovchi poyezdlar (jami 58 ta reys) hamda qoʻshimcha vagonlarning yoʻlga qoʻyilishi natijasida, qishqi taʼtil davrida 50 240 nafar yoʻlovchini qoʻshimcha tashish imkoniyati yaratiladi.
Toshkent shahrini boshqa viloyatlar bilan bogʻlovchi 44 ta shaharlararo yoʻnalishlarda 276 ta avtobuslar biriktirilgan boʻlib, bayram arafasida ushbu avtobuslarning barchasi toʻliq faoliyat olib borishi taʼminlanadi.
“Yangi yil” bayrami munosabati bilan “Toshkent” va Abu Saxiy avtovokzallaridan hamda xududiy avtovokzallardan kunlik grafik asosida qatnovchi reyslardan tashqari qoʻshimcha reyslar tashkil qilinadi.
2023-yilning 20-31-dekabr hamda 2024-yilning 1-7-yanvar kunlari 381 ta qoʻshimcha reyslar orqali 18 669 ta yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatiladi.
Transport nazorati inspeksiyasining 195 nafar inspektorlari Respublikadagi har bir tumanga biriktirilgan boʻlib, ular tomonidan bayram kunlarida tadbirkorlik subyektlari (taksilar) yoʻl kira narxlarini sunʼiy ravishda oshirib yubormaslik boʻyicha doimiy ravishda tushuntirish ishlari hamda nazorat tadbirlari olib boriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring