Joʻrabek dodxoh kim boʻlgan?

“Adabiyot” nashriyotida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Norqobil Jalil va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Roʻzimboy Hasan hammuallifligida “General Joʻrabek: davr va qismat” deb nomlangan asar nashr etildi.
Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida mazkur kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbirni ochgan Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari Minhojiddin Mirzo mualliflar 1840-yilda Kitob shahri yaqinidagi Gulgunpoʻsh qishlogʻida tugʻilgan Joʻrabek Qalandar qori oʻgʻlining ayanchli taqdiri juda koʻp izlanishlar olib borgani, shuning natijasida kitobxonlarga taqdim etilgan asar vujudga kelgani haqida atroflicha fikr yuritdi.
Mazkur kitobda XIX asrning oxirlari, oʻtgan asrning boshlarida chor Rusiyasining Turkistonni bosib olishi fonida roʻy bergan voqealar qalamga olingan. Chor Rusiyasi tomonidan general unvoni berilgan Joʻrabekning ulkan harbiy salohiyat sohibi ekani, shu bilan birga, mahalliy xalq tarafida turgani, ularni imkoni boricha chorizm zulmidan himoya qilishga intilgani tahlil qilingan. General Joʻrabekning beklik davrida Kitobda barpo qilgan ulkan kutubxonasi taʼrifi butun Sharq zaminiga yoyilganligi keltirilgan.
1870-yilda chor armiyasi Turkistonga bosqinchilik yurishi qilganida ushbu kutubxona ham ayovsiz talangan, eng noyob kitoblar Peterburgga joʻnatilgan. General Joʻrabek shahid boʻlganidan soʻng uning hovlisidagi qiroatxona ham sirli ravishda gʻoyib boʻlgan.
Tadbirda soʻzga chiqqan Oʻzbekiston Qahramoni, adabiyotshunos olim Ibrohim Gʻofurov, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, filologiya fanlari doktori, professor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Xurshid Doʻstmuhammad, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Sher va boshqalar mualliflar tomonidan tanlangan mavzuning ayni hozirgi davr uchun juda dolzarbligini, Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan ochiqlik siyosatiga javob beradigan asar boʻlganini alohida taʼkidladilar.
Shoʻrolar zamonida “ziddiyatli va murakkab shaxs” sifatida baholangan, u haqda munosabat bildirish qiyin boʻlgan bir davrda harbiy arbob, maʼrifatparvar inson Joʻrabek Qalandar qori oʻgʻli taqdiri haqida mustaqilligimizning 33-yilligi davriga kelibgina toʻgʻri, xolis bahoni aytish imkoniga ega boʻlindi.
Tadbirda tarixchilarimiz, adabiyotshunoslarimiz, yozuvchilarimiz tomonidan ana shunday tarixiy-hujjatli asarlar yaratish davri kelgani haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring