Joʻqorgʻi Kenges Raisiga yangi oʻrinbosar saylandi

15:50 10 Sentyabr 2025 Siyosat
215 0

Foto: Joʻqorgʻi Kenges matbuot xizmati

Nurazizov Radjapbay Kupalbekovich Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining oʻrinbosari lavozimiga saylandi. Bu haqda Kenges matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 10-sentyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining navbatdan tashqari yettinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi T.Xudaybergenov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Hukumati aʼzolari, shahar, tuman hokimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va soha rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan sessiyaning kun tartibiga muvofiq tashkiliy masala, yaʼni “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining oʻrinbosari toʻgʻrisida”gi masala koʻrib chiqildi.

Sessiyani Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev kirish soʻz bilan ochdi va boshqarib bordi.

Unda Raisining oʻrinbosari R.Saparbayev egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining oʻrinbosari lavozimiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga 47-sonli “Sanaat” saylov okrugidan deputat Nurazizov Radjapbay Kupalbekovichning nomzodi taklif etildi.

Taklif etilgan nomzod deputatlar tomonidan koʻrib chiqildi va qoʻllab-quvvatlandi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi 70-moddasining 4-bandiga muvofiq Nurazizov Radjapbay Kupalbekovich Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining oʻrinbosari lavozimiga saylandi.

Maʼlumot uchun, R.Nurazizov shu kungacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?