Jo Bayden AQSH Kongressini Ukraina va Isroilga zudlik bilan yordam berishga chaqirdi
Foto: AP
AQSH prezidenti Jo Bayden Kongressdan Ukraina va Isroilga zudlik bilan harbiy yordam koʻrsatishni soʻradi. Bu haqda u «The Wall Street Journal»ga bergan maqolasida aytib oʻtdi.
«Hozir doʻstlarimizdan voz kechish vaqti emas. Vakillar palatasi Ukraina va Isroilga milliy xavfsizlik boʻyicha favqulodda yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini qabul qilishi, shuningdek, Gʻazo sektoridagi falastinliklar juda zarur boʻlgan gumanitar yordamni maʼqullashi kerak», — deydi Amerika rahbari.
Bayden Ukraina va Isroilni AQSHning doʻstlari deb atadi. Uning fikricha, Rossiyaning Ukrainadagi mojaroda gʻalaba qozonishi NATOga aʼzo boʻlgan Yevropa davlatlari uchun xavf tugʻdiradi. U, shuningdek, «dunyodagi yagona yahudiy davlati» boʻlgan Isroil va Eron oʻrtasidagi mojaroning kuchayishi ehtimolidan xavotir bildirdi.
Avvalroq, AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson Ukrainaga qarz tizimi koʻrinishida harbiy yordam taklif qilgani maʼlum boʻlgan edi. Ayni paytda Ukraina, Isroil va Tayvanga uchta qonun loyihasi orqali yordam koʻrsatish rejalashtirilmoqda. Ularning har biri Kongress tomonidan alohida koʻrib chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring