Jizzaxdagi shifoxonada hamshira ayol pichoqlab ketildi

18:37 10 Sentyabr 2024 Jamiyat
360 0

Foto: Videodan kadr

Jizzax viloyatidagi shifoxonada hamshira boʻlib ishlovchi ayol ish vaqtida eri tomonidan pichoqladi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, voqea joriy yilning 7-sentyabr kuni soat 21:40 da sodir boʻlgan. Oʻsha kuni Zarbdor tuman tibbiyot birlashmasi reanimatsiya boʻlimida hamshira boʻlib ishlovchi 36 yoshli B.D. va uning turmush oʻrtogʻi B.B. birlashmaning jonlantirish boʻlimida oʻzaro janjallashgan.

Shundan soʻng 37 yoshli B.B. oʻzi bilan olib kelgan kichik qayriluvchi pichoq bilan xotining turli sohalariga urib, tan jarohati yetkazgan.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, B.B.ga nisbatan jinoyat ishlari boʻyicha Zarbdor tuman sudi tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Zarbdor tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 1261-moddasi 5-qismi “v,i” bandlari bilan ish qoʻzgʻatilgan.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur jinoyat ishi boʻyicha Zarbdor tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер