Jizzaxda “Jasorat" maktabi ochildi

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ertamiz egalarini zamonaviy yo‘nalishlarda chuqur bilim olish imkoniyatlarini yaxshilash maqsadida Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida joylashgan 32-sonli “Jasorat" maktabining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati xabariga ko‘ra ushbu tadbirda Jizzax viloyat hokimligi, harbiy ma’muriy sektor rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mutasaddilari, nuroniylar, o‘quvchi yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Tadbirning asosiy qismida harbiy orkestrning Vatanni tarannum etuvchi kuy-sadolari ostida ramziy bog‘ich qirqilib, maktab foydalanishga topshirildi. Ishtirokchilar muassasaning ichki sharoitlari bilan tanishar ekan, elektron doska orqali maktabda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar haqida taqdimotni tomosha qildi. Shuningdek, mehmonlar Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani uchun maxsus jihozlangan 3 ta sinf xonasi, “Jasorat burchaklari” hamda zamonaviy kutubxona sharoitlarini ko‘zdan kechirdilar.
Bayramona ruhda o‘tgan tadbir davomi so‘z olganlar yangidan foydalanishga topshirilgan, zamonaviy dizaynda jihozlangan maktabning Navro‘z ayyomi arafasida foydalanishga topshirilishi bayramga tuhfa bo‘lganini aytib, harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishidagi mazkur maktabning tashkil etilishi yosh avlod uchun katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.
Albatta, mazkur “Jasorat" maktabi yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalashda muhim maskan bo‘lib, uzoq yillar davomida kelajak avlodga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring