Jizzaxda “TechnoWays” marafoni boʻlib oʻtmoqda

Foto: Tolibjon Ergashev / Xalq so'zi
Jizzaxda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkilotchiligida anʼanaviy “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonining VI mavsumi boʻlib oʻtmoqda. Unda Jizzax viloyatidagi institutlar va universitetlar filiallarida tahsil oluvchi, zamonaviy texnologiya hamda startaplarga qiziquvchi talaba-yoshlar ishtirok etyapti.
- Uch kun davom etadigan texnologik rivojlanish marafonida har bir oliygohdan bittadan jamoa “Eng yaxshi dasturiy taʼminot” va “Eng yaxshi texnologik yechim” yoʻnalishida ilmiy salohiyatlarini sinab koʻrmoqda, - deydi Jizzax viloyat hududiy innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshligʻi Mansur Musayev. - Marafon qatnashuvchilari ishlanmalar va IT sohasidagi iqtidorlarini namoyish etish bilan birga bilim va tajribalarini oshirmoqda. Eng yaxshi novatorlik loyihalarni tanlab olish va ularga mentorlar biriktirish choralari ham koʻrilmoqda.
Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring