Jizzaxda qiymati 1,5 mlrd soʻmdan ortiq energiya resurslarini talan-toroj qilingani aniqlandi

18:57 09 Iyul 2025 Jamiyat
163 0

Jizzax viloyatida 1,5 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, inspeksiya Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Gʻallaorol tumani joylashgan Ftiziatriya dispanserida mavjud elektron gaz hisoblash uskunasiga tashqi taʼsir koʻrsatilib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra gaz taʼminoti korxonasiga 1 milliard 535 million soʻmlik zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Boshqa bir holatda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Toʻrtkoʻl tumanida joylashgan “S. V. P.” MCHJ reaktiv quvvatni kompensatsiya qilmasdan, elektr energiyasidan samarasiz va nooqilona foydalanib kelayotganligi maʼlum boʻlgan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida Oʻzbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 45-moddasi boʻyicha hisob-kitob qilinib, 31,4 million soʻm miqdorida moliyaviy sanksiya qoʻllanildi.

Taʼkidlash joiz, reaktiv quvvat kompensatsiyasi boʻyicha ishlarni tashkil etish tartibini buzish yoki unga rioya etmaslik – isrof boʻlgan elektr energiyasi miqdori qiymatining 50 foizi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер