Jizzaxda qarzdorlarning 23 ta transport vositasi MIB xatloviga oʻtdi
Foto: MIB
Majburiy ijro byurosi matbuot kotibi Farrux Toshpoʻlatovning «Xalq soʻzi»ga maʼlum qilishicha, byuroning Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan undiruvlar samaradorligini oshirish, qoldiqdagi ishlarni sezilarli kamaytirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, byuroning Paxtakor tumanida ishchi guruh tomonidan mol-mulklarni xatlovga olish va realizatsiya qilish ishlari amalga oshirilib, tadbirlar davomida 4,8 mlrd soʻmlik ijro hujjatlari ish yurituvidan tamomlanib, 1,3 mlrd soʻm qarzdorlik amalda undirilgan.
Bundan tashqari, ish yurituvidagi ijro hujjatlari boʻyicha 15 mlrd soʻmlik 24 ta mol-mulklar, jumladan 23 ta (avtotransport va traktor vositalari), 1 ta koʻchmas mulk xatlovga olindi, shundan soliq qarzdorligi boʻyicha 12 ta 930 mln soʻmlik mol-mulklar xatlovga olinib jarima maydonchasiga joylashtirilishi taʼminlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring