Jizzaxda hokimlik xodimi 6,7 ming dollar bilan ushlandi

12:09 24 Fevral 2026 Jamiyat
239 0

Foto: DXX

Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani hokimligining qishloq xoʻjaligi boʻlimi bosh mutaxassisi noqonuniy yer sotishda ayblanmoqda. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.

Maʻlum boʻlishicha, ushbu mansabdor shaxs oʻzining oʻgʻliga tegishli boʻlgan fermer xoʻjalikning 11 gektar yer maydonini xaridorga 11 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, muqaddam 5 ming AQSh dollari olgan.

Biroq, u qolgan 6 ming AQSh dollari hamda tegishli hujjatlarni hokimlik va kadastr idoralaridagi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga 700 AQSh dollari, jami 6700 dollarni olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan qoʻlga olindi.

Hozirda bosh mutaxassisga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер