Jizzaxda erkin turistik zona uchun 100 mln dollar miqdorida mablagʻ ajratiladi

14:13 02 Dekabr 2020 Hujjatlar
916 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi va unga koʻra, Jizzax viloyatining “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi tashkil etiladi.

Loyihada keltirilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan 40 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit mablagʻlari Jamgʻarmaga erkin turistik zona uchun ajratiladi.

Erkin turistik zona hududida «Suffa platosi.2400» xalqaro umummavsumiy kurorti va «Oʻriklisoy» turizm majmuasi tashkil etiladi.

Xalqaro umummavsumiy kurorti hamda turizm majmuasini qurish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha loyiha ofislari erkin turistik zona ishtirokchisi maqomiga ega boʻlgan davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etiladi.

Erkin turistik zonasi hududida zamonaviy turistik inftuzilma obyektlarini qurish boʻyicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 60 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit mablagʻlari Jamgʻarmaga ajratiladi.

2021-yil 1-iyunga qadar Toshkent–Dashtobod–Toshkent va Samarqand–Dashtobod–Samarqand yoʻnalishi boʻyicha elektrlashtirilgan poyezdlar qatnovini qayta tiklanadi.

Dashtobod vokzalidan erkin turistik zona hududiga grafik asosida doimiy avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?