Jizzaxda belbogʻli kurash boʻyicha jahon chempionati oʻtkaziladi
Joriy yil 24 — 27-noyabr kunlari Jizzax shahridagi “Soʻgʻdiyona” sport majmuasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun belbogʻli kurash boʻyicha ilk marotaba 2001 — 2003-yillarda tugʻilgan oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasida jahon chempionati boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekiston jahonning eng sara belbogʻli kurashchilarini musobaqa gilamiga chorlaydi. Toʻrt kun mobaynida dunyo polvonlari belbogʻli kurash qoidalari boʻyicha gʻoliblik uchun bellashadi.
Jahon chempionatida oʻgʻil bolalar belbogʻli kurash va erkin yoʻnalishlarda
-52 kg., -62 kg., -68 kg., -75 kg., -82 kg., -90 kg., -100 kg. hamda +100 kg. vazn toifalarida, qizlar esa -48 kg., -52 kg., -58 kg., -66 kg., -76 kg. hamda +76 kg. vazn toifalarida kuch sinashadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun oʻtkaziladigan Jahon chempionatida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan sportchi 10 million soʻm, 2-oʻrin sohibi 7 million soʻm va 3-oʻringa sazovor boʻlgan sportchi 5 million soʻm miqdorida pul mukofotiga ega boʻlishadi.
Belbogʻli kurash boʻyicha jahon chempionati Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Jizzax viloyati hokimligi, Jahon belbogʻli kurash assotsiatsiyasi (JBKA), Xalqaro belbogʻli kurash federatsiyasi (IBWA), Oʻzbekiston belbogʻli kurash federatsiyasi hamda qator vazirlik va tashkilotlar koʻmagida oʻtkaziladi.
Prezidenti sovrini uchun 2001 — 2003-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar va qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida dunyoning 30 dan ortiq davlatidan terma jamoalar ishtirok etishi kutilmoqda.
Ayni paytda Jizzax shahrida jahon chempionatini munosib tarzda tashkil etish uchun qizgʻin tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring