Jizzax viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari oʻrganildi
Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Abdulhakim Eshmuratov boshchiligidagi ishchi guruh Jizzax viloyati mahallalarida xavfsiz muhitni shakllantirish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, ijtimoiy profilaktika tizimini kuchaytirish hamda korrupsiyaga, shu jumladan, maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʻrgandi.
Oʻrganishlar davomida huquqni muhofaza qilish organlari, mutasaddi tashkilotlar, “mahalla yettiligi” vakillari, mahalla faollari hamda jamoatchilik ishtirokida joylarda erishilgan natijalar va mavjud kamchiliklar tahlil qilindi.
Xususan, profilaktik choralar samaradorligini oshirish, aholi bilan yaqin muloqotni kuchaytirish, jinoyatchilikka sabab boʻlayotgan omillarni bartaraf etish, davlat xizmatlarini koʻrsatishda ochiqlikni taʼminlash, shuningdek, maishiy korrupsiya holatlarining oldini olish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shu bilan birga, ishchi guruh aʼzolari Jizzax shahridagi Markaziy dehqon bozori, “Kimyogar” mahallasida joylashgan raqamlashtirilgan jarima maydonchasi va bir qator savdo majmualarida bozor faoliyatini raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishdi.
Ishchi guruh tomonidan raqamlashtirish orqali shaffoflikni taʼminlash, maishiy korrupsiya holatlarining oldini olish hamda tadbirkorlar uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish boʻyicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Senator xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida ham ishtirok etdi. U oʻz chiqishida hududda huquqbuzarliklarning oldini olish va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ijobiy ishlarga urgʻu berdi.
Shuningdek, “mahalla yettiligi” faoliyatida yoʻl qoʻyilgan ayrim kamchilik va muammolarni ham bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring