Jizzax viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi. U Nyu-Yorkda oʻqigan
Jizzax viloyat hokimining oʻrinbosari-Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi lavozimiga Nurmatov Nodir Bahodirovich tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.
Nodir Nurmatov 1979-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Maʼlumoti oliy 2002-yilda AQSH davlatidagi Nyu-York universitetining yuridik maktabi, 2005-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (bakalavr) va 2007-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tamomlagan.
U mehnat faoliyatini Tashqi ishlar vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar investitsiyalar va savdo vazirligida olib borgan. Jumladan, 2016-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasining savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchisi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.
2021-yilning 7-sentyabr sanasidan boshlab, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 21-, 25-moddalariga asosan, Jizzax viloyati hokimining oʻrinbosari-Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
Eslatib oʻtamiz, 2018-yildan beri Jizzax viloyati hokimining oʻrinbosari-Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlab kelayotgan Axmedxadjayev Azim Israilovich Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari boʻlganligi haqida xabar berib oʻtgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring