Jizzax shahrida yangi qoʻgʻirchoq teatri ish boshladi
Jizzax shahri markazidan oqib oʻtuvchi Sangzor daryosi yoqasida joylashgan bogʻ hududida atoqli Oʻzbek shoiri Hamid Olimjonning haykali rekonstruksiya qilindi, atrofi obodonlashtirildi va viloyat qoʻgʻirchoq teatrining yangi binosi qurib foydalanishga topshirildi.
Teatr va yangi bogʻ ochilishida dastlab soʻzga chiqqan Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliyev yigʻilganlarni Hamid Olimjonning ijodi, uning oʻzbek xalqiga qoldirgan adabiy merosi haqida soʻzladi, shuningdek yangi qoʻgʻirchoq teatrining viloyatdagi bolajonlarning kelajakda ajoyib insonlar boʻlib yetishishida uning roli katta boʻlishini taʼkidladi.
— Men keyingi yillarda Jizzax viloyatida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, madaniy yodgorliklarni saqlash va ularni taʼmirlash, yangilarini barpo etishda faol ishtirok uchun oʻz minnatdorchiligimni bildiraman, — deydi tadbirda ishtirok etgan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov. — Shuning uchun yangi bunyod etilgan viloyat qoʻgʻirchoq teatri jamoasiga yangi “Damas” avtomashinasi kalitini topshirmoqchiman.
Tadbir ochilish marosimidan soʻng yangi teatrning 230 kishilik tomoshalar zalida bolajonlar uchun Toshkent shahridan tashrif buyurgan ijodkorlar tomonidan sahnalashtirilgan tomoshalar qoʻyildi.
Tolibjon ERGASHEV,
(“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring