Jismoniy tarbiya va sport vazirligi OAV xodimlarini sport maydoniga chorlaydi
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan shu yil 28-29-noyabr kunlari ommaviy axborot vositalari xodimlari oʻrtasida “Doʻstlik spartakiadasi” sport musobaqalari oʻtkazilishini maʼlum qildi.
Vazirlik matbuot xizmati xabariga koʻra, sport musobaqalarida OAV xodimlari badminton (yakkalik va mikst yoʻnalishlarida), stol tennisi (yakkalik) hamda voleybol boʻyicha (erkaklar va ayollar) oʻzaro bellashadi.
"Badminton va stol tennisi boʻyicha musobaqalar Oʻzbekiston badminton federatsiyasida tashkil etilsa, voleybol bahslariga Mirobod tumani 2-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabi mezbonlik qiladi.
“Doʻstlik spartakiadasi” sport musobaqalarida qatnashish istagida boʻlgan barcha turdagi OAV xodimlari va blogerlardan oʻz talabnomalarini joriy yil 25-noyabrga qadar Jismoniy tarbiya va sport vazirligining elektron manzili (info@minsport.uz) yoki
(99) 482-52-12 raqamiga Telegram messenjeri orqali yuborishlaringiz soʻraladi.
Unutmang, sogʻlom turmush tarziga oshno boʻlgan inson sogʻlom fikrlaydi.
Murojaat uchun telefonlar: (71) 239-24-18, (71) 239-24-37" deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring