Jismoniy faollik saratonga chalinish xavfini kamaytiradi
Koʻpchilik sport va jismoniy faollik salomatlikka ijobiy taʼsir koʻrsatishi va umr koʻrish davomiyligini oshirishi, shuningdek koʻplab kasalliklardan himoya qilishi haqida eshitgan. Ammo bu davrimizning eng halokatli kasalliklaridan biri — saratonga tegishlimi?
“Medicine and Science in Sports and Exercise” xalqaro tibbiyot jurnalida jismoniy faollik va saraton xavfi oʻrtasidagi bogʻliqlik haqida keng koʻlamli sharh nashr etilgandi. Unda olimlar 45 dan ortiq tadqiqot va ilmiy maqolalarni tahlil qilib, jismoniy faollik bir qancha turdagi saraton xavfini kamaytiradi, degan xulosaga kelishdi.
Muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shugʻullanadigan respondentlarda jismoniy mashqlar qilishga hushi yoʻq boʻlganlarga qaraganda saratonning ayrim turlarining rivojlanish xavfi 20-25 foizga kamroq boʻlgan.
Shu bilan birga, sportning oʻzi ushbu kasallikdan himoya qiladi, deyish notoʻgʻri. Jismoniy faollik oʻsimta rivojlanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan biologik faol moddalar darajasini pasaytiradi.
Ular orasida baʼzi gormonlar (masalan, estrogenlar va insulin) ham, hujayra oʻsishini ragʻbatlantiradigan fermentlar ham mavjud. Ularning yuqori konsentratsiyasi oʻsimta oʻsishiga olib keladigan bir qator halokatli mutatsiyalarni keltirib chiqarishi mumkin.
Sport, toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi birgalikda ortiqcha vazn bilan kurashishning eng yaxshi usulidir. Semirib ketish saratonning bir necha turlari rivojlanish ehtimolini oshirishi maʼlum. Normal tana vaznini saqlab turish metabolizmni yaxshilaydi. Bu esa tananing oʻsmaga qarshi himoya tizimlarini faollashtiradi.
Jismoniy mashqlar immunitet tizimining ishiga foydali taʼsir koʻrsatadi. Bu bizni nafaqat bakteriyalar va viruslar kabi tashqi tahdidlardan, balki saraton rivojlanishiga olib keladigan ichki “buzilishlar”dan himoya qiladi. Yaxshi immunitet organizmga birinchi oʻsma hujayralarini oʻz vaqtida aniqlash va ularni yoʻq qilish imkonini beradi.
Shuningdek, oʻz sogʻligʻiga eʼtiborli boʻlgan va faol hayot tarziga amal qiladigan insonlar chekish va spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish kabi yomon odatlarga moyil boʻlmaydilar. Bu ham oʻsma paydo boʻlish xavfini kamaytiradi.
Olimlar haftasiga kamida 150 daqiqa oʻrtacha intensivlikdagi jismoniy mashqlar bilan shugʻullanishni tavsiya qiladilar. Kuniga 15-20 daqiqa bunday mashgʻulotlarni bajarish ham foydali.
Oʻrtacha intensivlikdagi mashqlarga tez yurish, raqs tushish, velosipedda sayr qilishni kiritish mumkin. Hatto, uy bekalari uchun xonadonni umumiy tozalash yoki tomorqada ishlash ham jismoniy faollikka misol boʻla oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring