JIDU talabasi MDHning eng yaxshi talabasi boʻldi

MDH davlatlari oliy taʼlim muassasalarining eng yaxshi talabalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning ilm-fan, texnika rivojiga hissa qoʻshib kelayotgan iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni munosib ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkazib kelinayotgan tanlovda MDH mamlakatlari oliy taʼlim muassasalarining qobiliyatli, xalqaro olimpiada va tanlovlarning gʻoliblari boʻlgan talabalari mukofotlanadi. Ularning yutuqlarini aks ettiruvchi “Xalqaro iqtidorli yoshlar ensiklopediyasi” nashrdan chiqadi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 2-bosqich talabasi Dilmurod Dilmurodov mazkur tanlovda “Ilm-fan” yoʻnalishida qatnashib, tashkilotchilar tomonidan I darajali diplom va “MDHning eng yaxshi talabasi-2021” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, Dilmurod Dilmurodov 2013-2015-yillarda “Kamalak” bolalar tashkilotida, 2015-2016-yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatida, 2017-2020-yillarda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqida sardorlik vazifasida faoliyat yuritgan. 2017-yilda Yoshlar tashkilotidagi namunali faoliyati uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Maslahatchisining Ishonch yorligʻi bilan taqdirlangan. 20 ga yaqin ilmiy va publitsistik maqolalari respublika va xalqaro gazeta va jurnallarda chop etilib, toʻplamlarga kiritilgan. U, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlab yozilgan “Ibrat” toʻplam-kitobining muallifi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring