Jiddiy ogohlantirish: Insoniyat oʻzini tuzataman deb, tabiatni «oʻldirmoqda»

12:16 12 Iyun 2024 Dunyo
655 0

Foto: AP

Rahimova Nodira / OʻzJOKU talabasi. Olimlar atrof-muhitning ifloslanishiga farmatsevtika eng katta sababchilardan biri ekanligini isbotlashdi. Oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, dunyo okeanlari va ekotizimlarni ifloslantiruvchi polietilen qoldiqlarining eng katta qismi dorilarning idish va qadoqlariga tegishli.

Farmatsevtik ifloslanish yovvoyi tabiat va inson salomatligiga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Antibiotiklar, gormonlar va ogʻriq qoldiruvchi vositalar kabi ifloslantiruvchi moddalar daryolar, koʻllar va hatto ichimlik suvida topilgan. Ushbu moddalar suv hayotining gormonal tizimlarini buzishi va antibiotiklarga chidamli bakteriyalarning rivojlanishiga hissa qoʻshishi mumkin.

Tadqiqotchilar zudlik bilan bu holatni tartibga solish va chiqindilarni boshqarish amaliyotini takomillashtirish zarurligini taʼkidlamoqda. Shu oʻrinda ular dori qoldiqlaridan oqava suvlarni tozalash jarayonlarini yaxshilashga chaqiradilar.

«Aholini dori-darmonlarni toʻgʻri yoʻq qilish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borilishi kerak», deyiladi tadqiqotda.

Oʻrganishlar shuni koʻrsatadiki, hozirgi oqava suvlarni tozalovchi inshootlar farmatsevtik birikmalarni qayta ishlash uchun jihozlanmagan. Natijada bu kimyoviy moddalar koʻpincha tozalash inshootlaridan oʻtib, tabiiy suv havzalariga tushadi.

«Nature Sustainabilty» jurnalida chop etilgan maqolada farmatsevtika vositalarni ishlab chiqarish, foydalanish va sotish jarayonlarini tartibga olish uchun alohida choralar koʻrilishi zarurligi qayd etilgan. Aks holda, insoniyat oʻzini davolash vaji bilan tabiatni «oʻldiradi».

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер