Jeki Chan koronavirusni yuqtirib olgan boʻlishi mumkin
Asli kelib chiqishi gonkonglik boʻlgan Gollivud aktyori Jeki Chan koronavirus gumoni bilan shifoxonaga yotqizilishi mumkin. Bu haqda Eurosport xabar berdi.
Oʻtgan dam olish kunlari 65 yoshli jang sanʼati vakili Gonkongdagi shaxsiy kechaga tashrif buyurgan. U yerda yana qariyb 60 kishi ham boʻlgan. Ulardan ayrimlari SARS-CoV-2 virusi bilan kasallangani aniqlangan.
Avvaliga infeksiya belgilari mazkur kechada tartibni saqlayotgan politsiya xodimida kuzatilgan. Uning atrofida boʻlgan qolgan 59 kishi esa karantinga joylashtirilgan. Manbaga koʻra, ularning orasida Jeki Chan ham boʻlishi mumkin.
Hozircha Jekining vakillari, shuningdek, mahalliy hokimiyat ushbu maʼlumotni tasdiqlashmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring