JBKA prezidenti VII Etnosport forumida ishtirok etdi
Joriy yilning 19-20-aprel kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “Anʼanaviy sport turlarini qayta tiklash” mavzusidagi VII Etnosport forumi boʻlib oʻtdi.
Butunjahon etnosport konfederatsiyasi prezidenti Najmiddin Bilol Erdogʻan va Rossiya federatsiyasi sport vaziri, Rossiya federatsiyasi olimpiya qoʻmitasi prezidenti Mixail Degtyarevning taklifiga koʻra mazkur forumda Jahon belbogʻli kurash assotsiatsiyasi (JBKA) prezidenti, hamyurtimiz Azizbek Gʻaniyev ham ishtirok etdi.
Forum doirasida JBKA prezidenti Rossiya federatsiyasi sport vaziri Mixail Degtyarev, Belorus sport va turizm vaziri Sergey Kovalchuk, Qozogʻiston turizm va sport vaziri Yerbol Mirzabosinov hamda Turkiya sport vaziri Osman Ashkin Bak bilan belbogʻli kurashni mazkur davlatlarda ham rivojlantirishga oid hamkorlik uchrashuvlari oʻtkazdi.
Shuningdek, JBKA prezidenti Butunjahon etnosport konfederatsiyasi prezidenti Najmiddin Bilol Erdogʻan bilan uchrashib, belbogʻli kurash sport turini etnosport orqali ham qitʼalararo yanada keng rivojlantirish borasida fikr almashishdi.
Taʼkidlash joiz, milliy sport turimiz boʻlgan belbogʻli kurash 2024-yili Butunjahon etnosport tarkibiga kiritilgan va JBKA prezidenti Azizbek Gʻaniyev Butunjahon etnosport konfederatsiyasining rasmiy kengash aʼzosi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring