Jazoni ogʻirlashtiradigan sunʼiy intellektga ega zamonaviy qamoqxona tashkil etiladi (video)

Foto: Videodan kadr
AQSHda sunʼiy intellektga ega “Cognify” deb nomlanuvchi kelajak qamoqxonasining loyihasi taqdim etildi. Bu haqda loyiha muallifi yamanlik molekulyar biolog Hoshim Al Gayli oʻz sahifasida maʼlum qildi.
“Anʼanaviy qamoqxonalarda qurilish va taʼmirlash ishlarini olib borish, u yerda xodimlarni moddiy jihatdan taʼminlash hamda mahbuslarni saqlash, jumladan, oziq-ovqat, sogʻliqni saqlash va reabilitatsiya dasturlari uchun katta byudjet sarflanadi. Uzoq muddatli qamoq jazolarini sunʼiy xotira implantatsiyasi orqali qisqa, intensiv reabilitatsiya bilan almashtirish orqali qamoqxona muassasalarini saqlash va mahbuslar uchun ketadigan xarajatlarini keskin kamaytirish mumkin”, degan loyiha egasi.
Olim kelajakdagi qamoqxona konsepsiyasini eʼlon qildi. Uning taʼkidlashicha, loyiha amalga oshsa, bu jinoyatchining ozod etilishini yillar yoki oʻn yilliklar oʻrniga bir necha daqiqaga tezlashtiradi. “Cognify” dizayni insonning miyasiga jinoyat haqidagi sintetik xotiralarni joylashtiradi va oʻlgan odamning unga nima demoqchiligini koʻrsatadi.
Unga koʻra, mazkur qamoqxona jinoyatchilarga sodir etgan barcha yovuzliklarini oʻzlarida his qilishlari va oʻtmishlaridan saboq olishlariga imkon berishi kutilmoqda. “Cognify” tizimi miya implanti va sodir etilgan jinoiy kadrlarni translyatsiya qiladigan qurilmani oʻz ichiga oladi.
Shuningdek, qurilma mahbusga oiladagi zoʻravonlik, nafrat bilan bogʻliq jinoyatlar, kamsitish, odam savdosi, oʻgʻirlik va firibgarlik kabi jinoyatlar haqida sunʼiy intellekt tomonidan yaratilgan xotiralarini koʻrsatish orqali ishga tushadi. Vizual effektlardan tashqari, texnologiya jinoyatchiga jabrlanuvchining azobini his qilishiga imkon beruvchi oʻziga xos jazo ham qoʻllashi mumkin.
“Cognify” har bir mahkum haqidagi maxfiy maʼlumotlar va uning reabilitatsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasiga ega boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring