Jasmina Immayeva ikkinchi bor qitʼa chempionatida sovrindor boʻldi

17:44 21 Aprel 2022 Sport
1104 0

Foto: MOQ

Moʻgʻulistonda oʻtkazilayotgan sport kurashlari boʻyicha Osiyo chempionatida qizlarimiz ham musobaqadagi dastlabki medalni qoʻlga kiritishdi. -50 kg vazn toifasida bahs olib borgan Jasmina Immayeva bronza medaliga sazovor boʻldi.

Hamyurtimiz saralash bahslarida 1 gʻalaba va 1 magʻlubiyat qayd etib, yarim finalga yoʻl olgan edi. Final ostonasida u yaponiyalik Remina Yoshimotoga imkoniyatni boy bergach bronza medali uchun kurashish bosqichida ishtirok etdi. Mazkur bellashuvda hindistonlik Manisha Manishaga hech qanday imkoniyat qoldirmagan Immayeva 10:0 hisobida bahsni oʻz foydasiga hal qildi.

Maʼlumot uchun, Immayeva oʻtgan yil Qozogʻistonda oʻtgan qitʼa birinchiligida ham qatnashib, kumush medalni qoʻlga kiritgan edi. Shu tariqa, u faoliyatida ikkinchi bor Osiyo chempionatida shohsupaga koʻtarilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?