Jarqoʻrgʻonda yangi poliklinika ishga tushdi
Istiqlol bayrami arafasida Jarqoʻrgʻon tumanining Alisher Navoiy nomidagi mahallasida joylashgan 26-sonli oilaviy poliklinikaning zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi. Yangi inshoot tibbiy jihozlar bilan taʼminlanib, aholiga qulay va sifatli xizmat koʻrsatish uchun barcha sharoit yaratilgan.


— Prezidentimizning tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Tibbiyotdagi 90 kunlik oʻzgarishlar” loyihasi doirasida aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda, — deydi xalq deputatlari Jarqoʻrgʻon tumani Kengashi deputati Zarifa Choriyeva. — Ushbu tadbirlar doirasida barpo etilgan oilaviy poliklinikaning yangi va zamonaviy binosi aholiga bayram tuhfasi boʻldi. Bundan tashqari, mahalla “Obod koʻcha — xavfsiz yoʻlak” tamoyili asosida yanada obod boʻlmoqda.

Farhod ESONOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring