Janubiy Koreyaning Namseul universitetida “Oʻzbekshunoslik” kafedrasi ochildi
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tashabbusi bilan Koreya Respublikasining Namseul universitetida “Oʻzbekshunoslik” kafedrasi ochildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Turizm kafedrasi mudiri Akmaljon Odilov hamda kafedra oʻqituvchisi Muslima Amiriddinova 17-iyul kuni Namseul universitetiga tashrif buyurdi. Safar davomida universitet vitse-prezidenti, professor Yun-Seok Li va boshqa masʼullar bilan uchrashuv oʻtkazildi. Unda ikki universitet vakillari kelishuvi asosida ochilayotgan “Oʻzbekshunoslik” kafedrasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash masalalari koʻrib chiqildi.
Tomonlar kafedraning Oʻzbekiston tarixi va madaniyati, oʻzbek tili va adabiyotini Koreya Respublikasida keng targʻib qilishda muhim oʻrin egallashiga umid bildirdi.
Namseul universiteti vitse-prezidenti Yun-Seok Li “Oʻzbekshunoslik” kafedrasiga masʼul etib universitetning oʻzbekistonlik professori Zoir Sattarovni tayinlanganini maʼlum qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring