Janubiy Koreyaning hokimiyatdan chetlatilgan prezidentiga rasman ayblov eʼlon qilindi
Janubiy Koreya prokuraturasi hokimiyatdan chetlatilgan Yun Sok Yolni isyon qilishda aybladi. Bu haqda “Yonhap news” agentligi xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, u Janubiy Koreyaning sobiq mudofaa vaziri Kim Yon Xyon bilan til biriktirib, urush, qurolli mojaro yoki shunga oʻxshash milliy inqiroz belgilari boʻlmagan vaziyatda harbiy holat eʼlon qilgan va 3-dekabrdagi namoyishlarga sababchi boʻlgan.
Prokurorlar Yun Sok Yol deputatlarning u eʼlon qilgan harbiy holatga qarshi ovoz berishlariga yoʻl qoʻymaslik uchun parlamentga harbiy kuchlar yuborganini ham daʼvo qilmoqda.
Tergovchilar prezidentni yanvar oyi oʻrtalarida hibsga olgan edi. Uning oʻzi hibsga olinganidan keyin eʼlon qilingan videomurojaatida qon toʻkilmasligi uchun soʻroqqa kelishga qaror qilganini bildirdi.
Agentlikning aniqlik kiritishicha, hibsda saqlash muddati tugashiga bir kun qolganida prezidentga rasman ayblov eʼlon qilindi. Korrupsiya boʻyicha tergov boshqarmasi prezidentga qarshi ayblovlar qoʻyish uchun qonuniy vakolatga ega emasligi vajidan oʻtgan hafta ishni prokuraturaga topshirgandi.
Endi Yun Sok Yolning hibsdagi muddati tugashiga ikki kun qolganida, prokurorlar uning aybini sudda isbotlashlari kerak.
Taʼkidlash joiz, prezident 2024-yil 3-dekabrdan 4-dekabrga oʻtar kechasi “Shimoliy Koreyaga xayrixoh kuchlarni yoʻq qilish va konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish uchun” Janubiy Koreyada harbiy holat eʼlon qilgan edi. Shu kuni parlament qarorni bekor qilish uchun ovoz berdi va bir necha soat ichida harbiy holat bekor qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring