Janubiy Koreyada qiruvchi samolyot sakkizta bombani aholi yashash hududiga tashlab yubordi
Janubiy Koreya harbiy-havo kuchlarining qiruvchi samolyoti adashib oʻquv poligonidan tashqarida joylashgan Pxochxon shahriga sakkizta bomba tashlab yubordi. Bu haqida “Yonhap News” agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, holat KF-16 rusumli qiruvchi samolyoti bilan sodir boʻlgan. Oʻtkazilayotgan oʻquv-mashgʻulot jarayonidagi ehtiyotsizlik oqibatida harbiy uchuvchi MK-82 havo bombalarini aholi yashash hududiga tashlab yuborgan.
Yanglish tashlab yuborilgan bombalar sabab bir nechta uy va cherkov jiddiy zarar koʻrgan hamda 15 kishi jarohatlangan. Shulardan yetti nafarining ahvoli ogʻir. Janubiy Koreya harbiy-havo kuchlari mazkur holat yuzasidan jamoatchilikdan uzr soʻragan.
“MK-82 havo bombalarining tasodifan tashlab yuborilishi oqibatida tinch aholi jabrlanganidan juda afsusdamiz. Jarohatlanganlarning tezroq sogʻayib ketishini tilab qolamiz. Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari boshlab yuborildi”, deyiladi Janubiy Koreya Harbiy-havo kuchlari bayonotida.
Janubiy koreyalik harbiy xizmatchilarning taʼkidlashicha, mazkur hodisa Pxochxon shahridagi Sinchjin poligoni hududida harbiy-havo kuchlari, quruqlikdagi qoʻshinlar hamda Janubiy Koreyada joylashgan AQSH qoʻshinlari ishtirokida harbiy mashgʻulotlar oʻtkazilayotgan chogʻda sodir boʻlgan boʻlishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring