Janubiy Koreya Oʻzbekistondagi bolalar bogʻchalariga 275 ta yangi avlod robotlarni sovgʻa qildi

Bugun, 9-fevral kuni Toshkent shahrida Maktabgacha taʼlim tizimida bolalarga robototexnika va dasturlashni oʻrgatish uchun Albert robotlarini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni robototexnika boʻyicha maqsadli tizimli oʻqitish maktabga tayyorgarlik koʻrishda muhim rol oʻynaydi, oʻrganish, natijalarga erishish va axborot-innovatsion makonda yangi bilimlarni egallash koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga yordam beradi.
Tadbir Maktabgacha taʼlim vazirligi va vazirlik huzuridagi Axborot-pedagogik texnologiyalar innovatsion markazi va shu qatorda kompaniyalar vakillari ishtirokida onlayn tarzda oʻtkazildi.
Shuningdek, tadbirda Koreya Respublikasining bir qator kompaniyalari vakillari ham ishtirok etdi.
Koreyalik hamkorlar maktabgacha taʼlim muassasalari oʻqituvchilari va tarbiyalanuvchilari uchun 275 ta yangi avlod Albert robotlari va oʻzbek tilidagi 350 ta oʻquv qoʻllanmasini sovgʻa qildi.
Ushbu pilot loyihaning maqsadi maktabgacha taʼlim muassasalari bolalarida robototexnika va dasturlashning dastlabki koʻnikmalarini shakllantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga qiziqish uygʻotishdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring