Janubiy Koreya KXDR bilan chegaradagi tashviqot va K-pop tarqatuvchi ovoz kuchaytirgichlarni olib tashlamoqda

Foto: Yonhap
Janubiy Koreya hukumati KXDR bilan chegara hududida oʻrnatilgan propagandistik ovoz kuchaytiruvchi uskunalar — kolonkalarni olib tashlashni boshladi. Bu haqda The Korea Times nashri xabar berdi.
Maʼlumotga koʻra, ushbu choralar mamlakat Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda va ular Pxenyan bilan munosabatlardagi taranglikni yumshatishga qaratilgan.
Chegara boʻylab, demilitarizatsiya qilingan hududda oʻrnatilgan bu kolonkalar orqali Janubiy Koreya tomonidan shimoliy qoʻshnisiga qarshi targʻibot — davlat rahbari Kim Chen In tanqid qilingan axborotlar, K-pop musiqalari hamda turli xabarlar uzatib turilgan edi.
Joriy yil iyun oyida lavozimga kirishgan Yangi prezident Li Chje Myon ushbu translyatsiyalarni toʻxtatish boʻyicha farmon bergan, bu esa qoʻshnilar bilan munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan qadam sifatida baholangan.
Hukumat maʼlum qilishicha, chegara hududidagi barcha 20 ta statsionar kolonka bir hafta ichida butunlay demontaj qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring