Janubiy Karolina shtatida 15-yildan soʻng ilk bor jinoyatchi qatl qilinadi

15:45 23 Fevral 2025 Dunyo
304 0

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Janubiy Karolina shtatida oʻlim jazosiga hukm qilingan Brad Sigmon 15-yildan keyin ilk marta otish jazo usuli bilan qatl etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 67 yoshli Sigmon otish jazo usulini tanladi. Ushbu marosim 2025-yil 7-mart kuni amalga oshirilishi kutilmoqda. Agar qatl amalga oshirilsa, bu AQSHda 2010-yildan beri ilk marta bunday usulda oʻlim jazosini qoʻllash boʻladi.

AQSHda oʻlim jazosi mavjud boʻlib, hozirda 27 ta shtatda qonuniy hisoblanadi. Eng koʻp oʻlim jazosi qoʻllaniladigan shtatlar Texas, Florida va Oklahomadir. Qatl jarayonlari asosan tanaga zahar yuborish orqali amalga oshiriladi, biroq baʼzi shtatlarda elektr stuli, gaz kamerasi, otish jazo usuli va hatto boʻgʻib oʻldirish ham ruxsat etilgan. Har bir shtatda qatl usuli va jarayonlari maxsus qonunlar bilan tartibga solinadi va mahkumlarga baʼzan tanlash huquqi ham beriladi.

Sigmon otish jazosini tanlashiga sabab sifatida shtatdagi zahar bilan qatl etish jarayonida mahkumlar uzoq vaqtda azob chekayotganini koʻrsatdi. Otish jazo usuliga koʻra, mahkum stulga qattiq bogʻlanadi, yuragiga nishon qoʻyiladi va boshiga qalpoq kiydiriladi. 4,5-5 metr masofadan uch nafar qurolli askar yurakka oʻq uzadi. Agar birinchi oʻqdan keyin mahkum tirik qolsa, yana oʻq uziladi.

Sigmon 2001-yilda sobiq qiz doʻstining ota-onasini oʻldirganlikda aybdor deb topilgan. U jinoyatini tan olgan boʻlsada, advokatlari uning bolalikdagi travmalari va ruhiy kasalliklari aniqlanmaganini taʼkidlab kelmoqda.

Janubiy Karolinada 2011-yildan beri oʻlim jazosi amalga oshirilmagan edi. Endilikda shtat oʻlim jazosini qayta tiklab, otish jazo usulini ham qonuniy deb topdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер