Jannat koʻrfazi, Sevgi oroli, Kleopatra plyaji… Marmaris yana nimalari bilan mashhur?

10:01 30 May 2024 Dunyo
224 0

Koʻm-koʻk, turkuaz va moviy ranglar qorishmasidan iborat nafis dengizi hamda qoʻl tegmagan qoʻltiqlari bilan mashhur boʻlgan Marmaris Turkiyaning eng koʻp afzal koʻrilgan shohona dam olish maskanlaridan biridir. Quyida siz uchun darhol borib koʻrishni istaydigan Marmaris koʻrfazlarining roʻyxatini keltirib oʻtamiz.

Marmaris qayerda?

Egey dengizi va Oʻrta yer dengizining tutashgan joyida joylashgan Marmaris Mugʻla markazidan 1 soat uzoqlikda joylashgan. Marmarisga samolyotda borish uchun Dalaman aeroportini tanlash kerak. Parvozingizdan keyin borishingiz kerak boʻlgan Dalaman va Marmaris oʻrtasidagi masofa 90 kilometrni tashkil etadi va bu masofa shaxsiy transport vositasida oʻrtacha 1,5 soat davom etadi. Istanbul va Marmaris oʻrtasidagi masofa yoʻlda oʻrtacha 830 kilometrni tashkil qilsa, bu masofa taxminan 12 soat davom etadi.

Diqqatga sazovor joylar — Marmaris qalʼasi va Marmaris muzeyi bu yerdagi eng koʻp ziyorat qilinadigan joylar qatorida boʻlsa, Marmaris deyilganda Hafsa Sulton Karvonsaroyi, Haliji Ahmed Urkay muzeyi va Amos qadimiy shahri yodga tushadi. Bu yerdagi koʻrish kerak boʻlgan qiziqarli maskanlardan biri Baja gʻori boʻlib, suv sportini sevuvchilar uchun eng yaxshi shoʻngʻish joylaridan biridir.

Kumlubuk — Marmaris qayiqlari bilan sayohat qilishingiz mumkin boʻlgan va baʼzilariga transport vositalari bilan borish mumkin boʻlgan betakror qoʻltiqlardan biridir. Agar tinchlik va sokinlik sizning orzuingiz boʻlsa, bu koʻrfaz aynan siz uchun. Bu yerda mehmonxonalar va xususiy turar joylar mavjud. Kumlubuk, ayniqsa, baliq restoranlari bilan mashhur.

Boʻzburun — oʻzining toza tabiati, tiniq dengizi va musaffo havosi bilan shahardagi gavjumlik va shovqin-surondan uzoqlashishni istaganlar uchun mukammal imkoniyat. Bu yerga shaxsiy avtomobil yoki Marmaris qayiqlari orqali kelish mumkin. Serche Port, Uch Tosh, Akvarum, Bozukkale va Direkbuku kabi Boʻzburun qoʻltiqlarini kashf qilmasdan qaytmang. Boʻzburun suv osti dunyosini sevuvchilar uchun ayni muddaodir.

Kleopatra plyaji (Sedir oroli) — Oltin qumli plyaji va firuza dengizi bilan mashhur boʻlgan bu orolda Ellinistik va Rim davriga oid tarixiy ashyolarni koʻrish mumkin.

Injequm — Nomidan koʻrinib turibdiki, u nafis qum bilan qoplangan plyaji va moviy dengizi bilan maftun qiladi. Kleopatra plyaji (Sedir oroli) qarshisida joylashgan. Injequmga borish biroz qiyin, ammo bu joy shunga arziydi.

Boʻrdubet — Qaragʻay daraxtlari orasiga yashiringan yana bir koʻrfaz. Bu maxsus muhofaza qilinadigan hudud boʻlganligi sababli, hududda yashash imkoniyati yoʻq. Bu yerda suzishdan tashqari, siz kanoeda sayohat qilishingiz, oʻrmonda sayr qilishingiz va velosipedda uchishingiz mumkin.

Turunch — Boʻzburun yarim orolida archa daraxtlari va baland tepaliklar bilan oʻralgan qishloq. Marmaris qayiq sayohatining eng muhim yoʻnalishlaridan biri boʻlgan Turunchda suzishdan tashqari, piyoda sayohat qilishingiz, safari turlarida qatnashishingiz va shoʻngʻish saboqlarini olishingiz mumkin.

Selimiye qishlogʻi/Hisaroʻnu — Moviy kruiz marshrutlarining ajralmas qismiga aylangan Selimiye oxirgi paytlarda mashhur boʻlgan Hisaroʻnu koʻrfazining eng sevimli qoʻltiqlaridan biridir. Bu yer turfa oshxonalari bilan ham eʼtiborni tortadi. Selimiye qayiqlari bilan ikki turli yoʻnalishdagi sayohatlarga qoʻshilish mumkin. Ushbu turlar bilan Kamellia oroli, Sevgi oroli, Benjik koʻrfazi va Tavshan orolini koʻrish mumkin.

Jannat koʻrfazi — Jannat koʻrfazi tabiat bilan oʻralgan xilvat joy qidirayotganlar uchun eng yaxshi tanlov boʻlishi kerak. Unchalik mashhur boʻlmagani uchun boshqa koʻrfazlarga qaraganda sokin deyishimiz mumkin.

Orhaniye/Kizkumu — Dengizdan oʻtish mumkin boʻlgan maydoni bilan mahalliy va xorijiy sayyohlarning eʼtiborini oʻziga jalb qila oladi. Ayniqsa, yoz oylarida talab yuqori boʻlgani uchun boshqa hududlarga nisbatan gavjum.

Moviy va yashillikning uygʻunlashgan, xushmanzara tabiat bilan oʻralgan Marmaris koʻrfazlaridan bahramand boʻlish uchun Dalaman aviachiptasini xarid qilishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?