Jan Reno O‘zbekiston va Rossiya hamkorligida tasvirga olinadigan filmda suratga tushadi

Kinoshunos Shohira Raufboyeva Fransiyadan maxsus “Xalq so‘zi online” uchun xabar qiladi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Kann kinofestivali doirasida tashkil etilgan milliy pavilonda o‘zbek delegatsiyasi yangi kelishuvlarga erishishda davom etmoqda.
Butun dunyo kinematograflari va kinobozorini bir yerga to‘plagan Kann xalqaro festivalining eng qizg‘in pallasiga kelgan bir davrda O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyaning “Renovatsio” kinokompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzoladi.
Memorandumga muvofiq 2018 yilda rossiyalik kinoijodkorlar o‘zbek hamkasblari bilan birga O‘zbekistonda “Xo‘ja Nasriddin” filmining suratga olish ishlari boshlanadi.
“Renovatsio” kinokompaniyasi prodyuseri Georgiy Malkovning ta’kidlashicha, rossiyalik kinoijodkorlar tomonidan mazkur filmda rol ijro etish uchun super yulduz Jan Reno ham taklif etilgan. Jan Reno tomonidan mazkur taklif ijobiy qabul qilingan.
“Xo‘ja Nasriddin” loyihasida ijodiy va texnik guruhning yarmini o‘zbekistonlik mutaxassislar tashkil etadi.
Loyiha ishga tushirilishi o‘zbekistonlik mutaxassislarning ish bilan ta’minlanishi, o‘zaro tajriba almashishi, shuningdek, mamlakatimizga xorijiy investitsiyaning jalb etilishiga yordam beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring