Jamol Nosirov madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ketdi va Buxoro shahriga hokim boʻldi
Bugun, 5-may kuni Buxoro shahar hokimligida navbatdan tashqari sessiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda viloyat hokimi Botir Zaripov hamda viloyat faollari ishtirok etdi.
Kengash yigʻilishida tashkiliy masala koʻrib chiqildi. 2020-yildan shu paytga qadar Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan Jamol Nosirov Shuxratovich Buxoro shahar hokimi lavozimiga tayinlandi.
Maʼlumot oʻrnida, Jamol Nosirov 1985-yil 12-iyunda Buxoro shahrida tavallud topgan. 2005-yili Buxoro davlat universitetining jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiya oʻqituvchisi, psixolog mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 2008-yili esa universitetning magistraturasini tugatgan.
Bir muddat “Kamolot” YOIH Buxoro viloyat Kengashi raisi lavozimida ham mehnat qilgan.
Shundan soʻng 27-Jilvon saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputat etib saylangan edi. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-Demokratik partiyasining fraksiyasi aʼzosi boʻlgan.
2017-yildan 2020-yilga qadar Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Jamol Nosirov 2020-yil 22-apreldan buyon Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring