Jamoatchilik nazoratining raqamli mexanizmi
Isteʼmolchilar uchun dori-darmon xarid qilishda yaratilgan yangi raqamli platforma jamoatchilik nazoratining zamonaviy modeli sifatida eʼtirof etila boshladi. Farmatsevtika sohasi uchun muhim yangilik boʻlgan bu platforma FAIR TECH yagona axborot tizimi orqali aholining dori vositalari narxlari ustidan real vaqtda nazorat oʻrnatishiga imkoniyat beradi.
Bu tizimda fuqarolar mobil ilova yordamida kassa cheklarini QR-kod orqali skanerlab, belgilangan narxdan oshib ketish holatlarini aniqlay oladi. Asossiz ustama aniqlansa, maʼlumot avtomatik ravishda qoʻmitaga yuboriladi va ortiqcha toʻlangan mablagʻ fuqaroga qaytariladi.
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqini himoya qilish qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, ushbu tizim orqali 1 525 ta dorixonada 332 704 ta holatda umumiy 14,2 milliard soʻmlik asossiz daromad olingani aniqlandi. Mazkur mablagʻlar isteʼmolchilarga qaytarilishi taʼminlandi. Bu jamoatchilik nazoratining raqamli mexanizmi samarali ishlayotganini koʻrsatadi. Shunday qilib, fuqarolar oʻz huquqlarini raqamli platforma orqali mustaqil himoya qilish imkoniyatiga ega boʻlmoqda.
Yangi barpo etilayotgan uy-joylarni ulush kiritish asosida xarid qilishda ham jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida eskrou tizimi joriy etildi. Eskrou tizimi yoʻlga qoʻyilishi natijasida joriy yilda oʻtgan yilning mos davriga nisbatan murojaatlar soni 25 foizga qisqardi.
Faxriddin BOZOROV,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring