Jamoatchilik kengashi tarkibida 4 ta komissiya faoliyati yoʻlga qoʻyilgan

17:56 02 Dekabr 2023 Jamiyat
286 0

AOKAda Mudofaa vazirligi mutasaddilari, Jamoatchilik kengashi aʼzolari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida tizim faoliyati tahlili haqida maʼlumot berildi.

Jamoatchilik kengashi va hududiy boʻlinma aʼzolari tomonidan “Xalq va armiya – bir tanu bir jon” degan ezgu gʻoyani amalda roʻyobga chiqarish borasida harbiy qism va muassasalarda, maktab, akademik litsey va mahallalar hamda boshqa tashkilotlarda yozuvchi va shoirlar, maʼnaviyatchi va tarixchilar, fan, sanʼat arboblari hamda deputat va senatorlar ishtirokida qator tadbirlar amalga oshirildi.

Sogʻliqni saqlash vazirligining hududiy boshqarmalari, “Sogʻlom avlod uchun” fondining filiallaridagi koʻchma brigada shifokorlari tomonidan olis garnizonlarda 21 916 nafar harbiy xizmatchining oila aʼzolari chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.

2022-2023-yillarda muddatli harbiy xizmatni oʻtagan 1 100 nafar fuqaro oʻrtasida ijtimoiy tadqiqot oʻtkazilib, umumtaʼlim maktablarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani darslarining oʻtish sifati, muddatli harbiy xizmatga chaqiruv punktlarida yaratilgan sharoitlar, tibbiy komissiyalar faoliyati, muddatli harbiy xizmat uchun yaratilgan sharoitlar, harbiy xizmatchilarning oʻz huquqlarini bilish darajasi hamda muddatli harbiy xizmatni tugatib qaytgan fuqarolarni bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan masalalar oʻrganildi.

Shimoli-gʻarbiy, Markaziy va Toshkent harbiy okruglarida qoʻshinlarning jangovar tayyorgarligi, zamonaviy qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, oʻquv-moddiy baza, oziq-ovqat va boshqa moddiy-texnik taʼminot turlari bilan butlanishi, harbiy sohada qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi koʻrib chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер