Jahon chempioni, “Real Madrid”ning sobiq aʼzosi va Afrikaning ikki karra eng yaxshi futbolchisi...

17:54 15 Avgust 2025 Sport
216 0

Elit Chempionlar Ligasi va Osiyo Chempionlar Ligasi-2 turnirlari uchun qurʼa tashlandi.

Qitʼamizda klublar miqyosida oʻtkaziladigan ushbu nufuzli musobaqalarda Oʻzbekiston sharafini Superliganing amaldagi chempioni “Nasaf” va Oʻzbekiston Kubogi musobaqasining amaldagi gʻolibi “Andijon” jamoalari himoya qilishadi.

Ushbu jamoalar bilan bellashish uchun quyidagi jahon futboli yulduzlarining Oʻzbekistonga tashrif buyurishlari kutilmoqda:

Bono — “Atletiko Madrid” va “Sevilya” klublarining sobiq futbolchisi, La Liga chempioni;

Renan Lodi — “Atletiko Madrid” jamoasining sobiq futbolchisi, La Liga chempioni;

Kalidu Kulibali — “Napoli” klubi sobiq aʼzosi, Italiya Kubogi sohibi, ikki karra Afrikaning eng yaxshi futbolchisi;

Teo Ernandes — “Real Madrid” va “Milan” kabi jamoalarning sobiq futbolchisi, UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibi, Italiya chempioni;

Joao Kanselu — “Yuventus”, “Manchester Siti”, “Bavariya” va “Barselona” jamoalarining sobiq futbolchisi, UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibi, Angliya, Italiya, Germaniya va Portugaliya chempioni;

Ruben Neves — “Vulverxempton” jamoasining sobiq futbolchisi, ikki karra UEFA Millatlar Ligasi chempioni;

Sergey Milinkovich-Savich — “Latsio” klubi sobiq futbolchisi, Italiya Kubogi sohibi;

Darvin Nunyes — “Liverpul” jamoasining sobiq futbolchisi, Angliya chempioni;

Aleksandar Mitrovich — “Fulxem” va “Nyukasl” klublarining sobiq futbolchisi, uch karra Serbiya chempioni;

Dushan Tadich — “Ayaks” jamoasining sobiq futbolchisi, uch karra Niderlandiya chempioni;

Yulian Draksler — PSJ va “Benfika” klublarining sobiq aʼzosi, jahon chempioni, toʻrt karra Fransiya chempioni.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?