Jahon chempionatida ishtirok etadigan yana 3 ta terma jamoa nomi maʼlum boʻldi
Bugun, 5-sentyabr kuni Janubiy Amerika mintaqasida jahon chempionati saralashining 17-tur bahslari boʻlib oʻtdi.
Tur doirasida Urugvay terma jamoasi Peruni, Kolumbiya terma jamoasi esa Boliviyani 3:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.
Shu tariqa jadvalda 27 ochko toʻplagan Urugvay va 25 ochkoga ega boʻlgan Kolumbiya mamlakatlari 2026-yilgi jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.
Shuningdek, ushbu tur Ekvador terma jamoasi bilan durang oʻynagan Paragvay milliy terma jamoasining ochkolari ham 25 taga yetdi. Shu tariqa ushbu yurt terma jamoasi ham saralashning soʻnggi turi oldidan mundial masalasini naqd qildi.
Maʼlumot uchun, Janubiy Amerika mintaqasidan jahon chempionatiga 6+1 ta yoʻllanma berilgan. 18-tur oldidan musobaqada toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etadigan barcha jamoalar nomi maʼlum boʻldi.
Janubiy Amerikadan JCH-2026 final bosqichiga yoʻl olgan jamoalar quyidagilar: Argentina, Braziliya, Urugvay, Ekvador, Kolumbiya va Paragvay. Ushbu olti terma jamoa saralashni muvaffaqiyatli yakunlab, mundial chiptasini qoʻlga kiritdi.
Soʻnggi turda faqat qitʼalararo saralash bosqichi orqali jahon chempionatida oʻynash huquqini qoʻlga kiritadigan jamoa nomi oydinlashadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring