Jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan 17-jamoa nomi maʼlum boʻldi
Kecha, 5-sentyabr kuni Afrika qitʼasida Jahon chempionati saralash oʻyinlari davom ettirildi. “E” guruhidan oʻrin olgan bahsda Marokash terma jamoasi oʻz maydonida Niger milliy jamoasini qabul qildi.
Uchrashuv 5:0 hisobida mezbonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Gollar Ismoil Saibari (2 ta), Ayub Al-Kaabi, Xamza Igamane va Azzedin Ounaxilarning hisobiga yozildi.
Ushbu gʻalaba orqali Marokash terma jamoasi kelgusi yili Shimoliy Amerika mintaqasida boʻlib oʻtadigan jahon chempionati masalasini ijobiy hal qildi. Boisi jamoa saralash oʻyinlari yakunlanishiga 2 ta tur qolgan bir vaqtda, guruhda ikkinchi oʻrinni egallab turgan Tanzaniya terma jamoasidan 8 ochkoga ilgarilab ketdi.
Eslatib oʻtamiz, Marokash terma jamoasi 2022-yil Qatarda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida yarim finalga qadar yetib borgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring